Viza va kirish qoidalari
Quyidagi ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun umumiy yo‘riqnoma. Yakuniy qaror va talablar tegishli davlat konsulligiga tegishli va o‘zgarib turadi.
Yunico Tour viza berish yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qilmaydi va natijani kafolatlamaydi. Biz hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash va topshirish bosqichlarida ko‘maklashamiz. Safardan oldin talablarni konsullikning rasmiy manbaidan qayta tekshiring.
| Davlat | Rejim | Muddat | Izoh |
|---|---|---|---|
| Turkiya | Vizasiz | 30 kungacha | Pasport 6 oydan ortiq amal qilishi kerak. |
| BAA | Elektron viza | 30 yoki 60 kun | Rasmiylashtirish 3–5 ish kuni. Yig‘im rad etilganda qaytarilmaydi. |
| Indoneziya | Kelganda viza | 30 kun, uzaytirish mumkin | Qaytish chiptasi majburiy. Yig‘im aeroportda to‘lanadi. |
| Malayziya | Vizasiz | 30 kungacha | Kelishdan oldin elektron kirish kartasi to‘ldiriladi. |
| Gruziya | Vizasiz | 1 yilgacha | ID-karta bilan kirish mumkin emas, pasport talab qilinadi. |
| Misr | Kelganda viza | 30 kun | Aeroportda yig‘im to‘lanadi; mehmonxona broni so‘ralishi mumkin. |
| Shengen hududi | Viza talab qilinadi | 180 kunda 90 kun | Konsullikda shaxsan topshiriladi, biometrika olinadi. Muddat 15–45 kun. |
| Buyuk Britaniya | Viza talab qilinadi | 6 oygacha | Onlayn ariza va viza markazida biometrika. Moliyaviy hujjatlar batafsil tekshiriladi. |
| Yaponiya | Viza talab qilinadi | 15–30 kun | Kafolat xati va batafsil marshrut talab qilinadi. |
| Janubiy Koreya | Viza talab qilinadi | 30–90 kun | Ish joyidan ma’lumotnoma va bank hisobvarag‘i ko‘chirmasi zarur. |
Odatda talab qilinadigan hujjatlar
- Safar tugagach kamida 6 oy amal qiladigan biometrik pasport
- Anketa va belgilangan o‘lchamdagi fotosurat
- Aviachipta va mehmonxona bronining tasdig‘i
- Moliyaviy ta’minot dalili (bank ma’lumotnomasi yoki homiylik xati)
- Tibbiy sug‘urta polisi
- Ish joyidan ma’lumotnoma yoki o‘quv joyidan spravka
- Voyaga yetmaganlar uchun ota-onaning notarial roziligi
Jarayon qanday kechadi
- 1
Yo‘nalish va sanani tasdiqlaymiz, talablar ro‘yxatini yuboramiz.
- 2
Hujjatlarni yig‘asiz, biz to‘liqligini tekshiramiz.
- 3
Anketa to‘ldiriladi va konsullik navbati band qilinadi.
- 4
Hujjatlarni shaxsan yoki vizа markazi orqali topshirasiz.
- 5
Qaror chiqqach pasportni olasiz va safar hujjatlari rasmiylashtiriladi.